
Go’ro’g’lining tug’ilishi
Bir vaqtlar Turkman eli Urganchga qarar edi. Zamonlar ag'darilib, Urganch podsholigi barham topib, Urganchda bir podsho turadigan bo'lib qoldi. Undan keyin taka, yovmit, ersari, ko'klang turkmanlarining oqsoqollari bir joyga yig'ilib, Og'alibek deganni podsho ko'tarib, Yovmitni o'rtaliq, deb Yovmitda bir qulay joyni Og'alibekka o'rda qilib berib, bozor yurgizdirib qo'ydilar. Turkman chochuv o'tirganligi sababli qizilboshlar har doim turkmanga yov bo'lib kelib, bu yog'idan, u yog'idan talab, mol, odam o'lja qilib ketar edi. Og'alibek hcch qizilboshning uddasidan chiqa bilmas edi. Og'alibekning Gajdumbek, Hasanbek, Ahmadbek degan uch o'g'li bor edi. Gajdumbek bilan Hasanbek, otasi Og'alibekning qirq yigitlari el qo'rib yurar edi, Ahmadbek bo'lsa, hali yosh edi.
Kunlardan bir kun qizilbosh yurtidan bir katta yov kelib, turkmanni ko'p ovora qilib, Og'alibekni o'Idirib, turkmandan o'g'il-qiz asir qilib ketdi. Shu taloto'pda Gajdumbek bilan Hasanbek ham bandi bo'lib ketgan edi. Qizilboshlaming podshosi Xunxorshoh Gajdumbek bilan Hasanbekni tekshirib, Og'alibekning o'g'illari ekanini bilib: "Turkmanning belgili o'g'lonlari ekan, bularning orqasidan elati oyoqqa turmasin", deb xavf qilib, Gajdumbek bilan Hasanbekni ozod qilib, yurtidagi bir to'da ozod qilingan turkmanlarga Gajdumbekni boshliq qilib, shaharning bir chctidagi qo'riqni bularga yer qilib berdi. Shu yerda Gajdumbek bir to'da turkmanga bosh bo'lib, bechorachilik bilan tinch yashay berdi. Hasanbek bo'lsa, bir to'da mol qilib, boy bo'lib, qo'riqda turkmanlar bilan yashar edi. Gajdumbek bo'lsa, shaharda turib, har zamonda qo'riqqa kelib-ketib turar edi. Bular shu ahvolda qizilbosh yurtida yashay bersin. Endi turkman yurtidan cshiting.
Og'alibek o'ldirilgandan keyin turkman yurti yana bepodsho qolib, elat oqsoqollari yig'ilib, Jig'alibek degan bittasini podsho ko'tardilar. Ammo Jig'alibek juda qari odam edi. Uning Ravshanbek degan bir yosh o'g'li bor edi. Ravshanbek kattarib yigit bo'lib, qirq yigit bilan elat qo'riydigan bo'ldi. Endi gapni Xunxordan cshiting.
آردینی اوخو/ Ardını oxu